
Institutda “Sport kuni” doirasida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi
15.04.2026 soat 09:39Sport klubiMatbuot24
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida haftaning har chorshanba kuni “Sport kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan fakultet professor-o‘qituvchilari hamda TTJda istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.




