
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida talaba-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş hamda sportga bölgan qiziqişni yanada oşiriş maqsadida “Yangi Özbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida sportning mini-futbol turi böyiça fakultetlar bosqiçi musobaqalari ötkazildi.
Mazkur sport tadbiri institut fakultetlari jamoalari örtasida yuqori saviyada taşkil etilib, unda iqtidorli va sportga qiziqişi yuqori bölgan talaba-yoşlar faol iştirok etdilar. Musobaqalar davomida jamoalar özaro kuç sinaşib, maydonda jamoaviylik, tezkorlik, çaqqonlik hamda taktik fikrlaş kabi muhim sport fazilatlarini namoyon etdilar.
Bellaşuvlar qizğin va murosasiz kuraşlarga boy tarzda ötdi. Har bir jamoa ğalaba uçun astoydil harakat qilib, tomoşabinlarga yorqin va unutilmas sport lahzalarini taqdim etdi.