
9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Kattaqörğon davlat pedagogika institutida bayram tadbiri bölib ötdi.
Tadbirni institut rektori Şerzod Urakov oçib berdi. U öz nutqida xotira va qadrlaşning inson hayotidagi muhim ahamiyati, Vatan ozodligi yölida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini eʼzozlaş burç ekanini alohida taʼkidladi. Şuningdek, öquv va mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erişgan professor-öqituvçilar hamda xodimlar, şuningdek “Tömaris izdoşlari” sport musobaqasining viloyat bosqiçi ğolibi bölgan talabalar jamoasi taşakkurnoma bilan taqdirlandi.
Şundan söng talabalar tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari namoyiş etildi. Unda vatanparvarlik, jasorat va fidoyilikni özida mujassam etgan lavhalar orqali şahid ketgan vatandoşlarimiz xotirasi yod etildi.
Bunday tadbirlar yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat hamda inson qadrini uluğlaş tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.