
Kasbga yo‘naltirish va sun’iy intellekt bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nasiba Ruziyeva boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari Iroda Murodova, Tohir Hamidov, Sherzod Yo‘ldashev hamda Hasan G‘afforov tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening davomida yoshlarni kasbga yo‘naltirishning zamonaviy yondashuvlari, ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ularning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga sun’iy intellekt asosidagi platformalar va raqamli vositalarning o‘quv jarayonini takomillashtirishdagi imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etildi. Tadbir davomida zamonaviy texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish, innovatsion yondashuvlardan foydalanish hamda yoshlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.





