
YOTOQXONA TARTIBINI BUZGAN TALABAGA CHORA KO'RILADI!
"Shahar bedarvoza" bo'lmaganidek, talabalar turar joyiga kirish-chiqishning ham o'z tartib-taomili bor! Bu nafaqat talabalarning yashash maskani, balki ma'rifat, ma'naviyat maskani hamdir! Shunday ekan TTJdagi tartib-intizom, poklik, ozodalikka barcha birdek amal qilishi shart!
Ana shunday taomilni talabalarga yana bir bor eslatish uchun SamDU Kattaqo'rg'on filiali tyutori Abdurashid Usmonov, TTJ komendanti T.Qo'chqorov, tarbiyachi D.Rasulova hamda talabalar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Umumiy foydalaniladigan jihozlarni asrab-avaylash, tozaligini saqlash, kutubxonadan oqilona foydalanish, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi muhim vazifalarga to'xtalib o'tildi.
Eslatib o'tamiz, TTJda yashash bo'yicha belgilangan tartib, nizom mavjud. Ushbu talablarga rioya qilmagan talabalar yotoqxonadan chetlashtirilishi yoki boshqa intizomiy choralar qo'llanilishi mumkin!
SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati.





