“Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi
12.06.2026 soat 16:16Sport klubiMatbuot4
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga start berildi.
Mazkur sport musobaqasi institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Musobaqalarda institutning turli bo‘linma va fakultetlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib boradilar.


