
Jarayondan fotolavhalar
15.06.2026 soat 10:08YangiliklarMatbuot10
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi (YaDA) sinovlari boshlandi.
Imtihonlarni yuqori saviyada va shaffof tashkil etish maqsadida barcha zarur tashkiliy hamda texnik shart-sharoitlar yaratildi. Jarayonlarning belgilangan tartib va me’yorlar asosida o‘tkazilishi, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari institut rahbariyati va mas’ul mutaxassislar nazoratida tashkil etilib, ishtirokchilar uchun qulay hamda adolatli muhit ta’minlangan.







