Xitoy oliy ta’lim muassasasi vakillari bilan uchrashuv
15.06.2026 soat 16:00YangiliklarMatbuot7
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Samarqand Xalqaro Kolleji vakillari tashrif buyurdi. Mazkur ta’lim muassasasi Xitoy davlati tomonidan moliyalashtiriladigan hamda Markaziy Osiyodagi yagona Xitoy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Tashrif davomida institut rektori Sherzod Urakov mehmonlar bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan suhbatlashdi. Muloqot jarayonida ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv dasturlari hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.








