
Sevara Mamatova – Osiyo chempioni!
16.07.2026 soat 09:40Sport OlimpiadalariMatbuot5
Indoneziyaning Jakarta shahrida U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Sevara Mamatova 60 kg vazn toifasida Osiyo chempioni bo‘ldi.
Final bahsida Hindistonlik raqibi Chahatni 5:0 hisobida mag‘lub etib, oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Sevara Mamatovani ushbu yuksak g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!


