
“Kelajak soati”: jadidlar merosi – ma’rifat va taraqqiyot sabog‘i
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, tarixiy tafakkuri va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar “Jadidlar. Tugallanmagan hikoya” mavzusiga bag‘ishlanib, unda jadid bobolarimizning milliy uyg‘onish harakatidagi o‘rni, ta’lim va ilm-ma’rifatni rivojlantirish yo‘lidagi faoliyati, taraqqiyotga doir ilg‘or qarashlari hamda boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, jadidlar tomonidan ilgari surilgan ilm-ma’rifat, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va zamonaviy bilimlarni egallash kabi g‘oyalarning bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Mazkur mashg‘ulotlar talaba-yoshlarning tarixiy va ma’naviy merosga oid bilimlarini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “Kelajak soati” – yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biridir.


