Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
Talabalarga turar joy masalasi tezkor hal etilmoqda

Talabalarga turar joy masalasi tezkor hal etilmoqda

03.09.2026 soat 11:21YangiliklarMatbuot58

Yangi o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish, ularning turar joy bilan bog‘liq ehtiyojlarini tezkor hal etish hamda o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi tashkil etildi.
Markazda talabalarga talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlari bo‘yicha zarur ma’lumotlar taqdim etilib, ularni turar joy bilan ta’minlash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ayni vaqtda markaz talabalar bilan gavjum. Bu yerda talabalar murojaatlari qabul qilinib, ularning turar joy masalasini imkon qadar tezkor hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur markaz faoliyati yangi o‘quv yilini talabalar uchun qulay va uyushqoqlik bilan boshlash, ularning turar joy bilan bog‘liq muammolarini tezkor hal etishga xizmat qilmoqda.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (4)