
TTJda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi
15.09.2026 soat 09:42Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot3
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 2-sonli talabalar turar joyida koordinatorlar tashabbusi bilan talabalar uchun ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar turli jismoniy mashqlar va chiniqtiruvchi harakatlarni bajardilar. Tadbir talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga xizmat qildi.


