
Kattaqörğon
davlat pedagogika institutida talaba-yoşlar örtasida “Tinçlik – oliy neʼmat”
hamda “Jaholatga qarşi – maʼrifat bilan kuraş!” mavzularida profilaktik
suhbat taşkil etildi.
Tadbirda tinçlik va osoyiştalikni asraş, diniy bağrikenglikni mustahkamlaş, turli yot ğoyalar va buzğunçi mafkuralarning salbiy taʼsiridan himoyalaniş, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalaniş, şuningdek, jaholat va ekstremistik qaraşlarning oldini oliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Suhbat
davomida talabalar örtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini
taʼminlaş böyiça rektor maslahatçisi S.Tursunov mavzu yuzasidan
maʼruza qildi. Maʼruzada tinçlik va barqarorlikning inson hamda jamiyat
hayotidagi örni, yoşlarning huşyor va ogoh bölişi, turli tahdidlarga
qarşi mustahkam mafkuraviy immunitetni şakllantiriş masalalari haqida söz
yuritildi.
Tadbirda
Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi
prorektor Ş.Mustafayev, Kattaqörğon şahar DXX örinbosari O.Gadoyev,
Din işlari böyiça qömitasining Kattaqörğon şahar böyiça boş
mutaxassisi B.Qodirov hamda institut profilaktika inspektori X.Xaydarov
iştirok etdi.
Tadbir yakunida talaba-yoşlarning mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.