Pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tushuntirildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida pensiya tizimini takomillashtirish, sohadagi yangiliklar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklarga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Toshtemir Yusupov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Voxid Yunusov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Farmon loyihasida pensiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan muhim takliflar, sohadagi yangiliklar va fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, pensiya ta’minoti sohasiga oid huquqiy tushunchalar ishtirokchilarga sodda, aniq va tushunarli tarzda yetkazilib, fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini bilishi muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi hamda pensiya tizimiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan flayerlar tarqatildi.


