TALABALAR KORRUPSIYA HAQIDA NAZARIY BILIMLARGA EGA BO'LISHI ZARUR
SamDU Kattaqo'rg'on filialida tashkil qilingan profilaktik tadbirda bu haqda alohida to'xtalib o'tildi.
Filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorati bo'limi boshlig'i E.Xudoyqulov, profilaktika inspektori X.Haydarov, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani o'rinbosari J.Abduraxmonov so'zga chiqdi. Unda "Korrupsiyaga qarshi kurashish vertual akademiyasi" elektron plotformasida ta’lim muassalari talabalarini maxsus dasturlar asosida ta’lim olishlarini tashkil qilish masalasi tushntirildi.
Bu orqali yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish asosiy maqsad qilib olinganligi ta'kidlandi.
Darhaqiqat, talabalarimiz korrupsiya illatiga qarshi mustahkam bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi uchun ushbu https://virtual.proacademy.uz/higher-education/ havola orqali kirib, o'z bilimlarini boyitishi mumkin!
SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati


