Ustoz va murabbiylarga ehtirom
29.09.2026 soat 18:19YangiliklarMatbuot15
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirda nuroniylar, imom-xatiblar hamda Kattaqo‘rg‘on shahrining faxriy pedagoglari ham ishtirok etdi.
Tadbirni institut rektori Sherzod Urakov ochib berib, ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan institut professor-o‘qituvchisi, dotsent Faxritdin Yoqubovga berilgan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni institut rektori Sherzod Urakov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.


