
TARAQQIYOTGA TUSHOV ILLAT TALABALAR NIGOHIDA
"Dolzarb 90 kun" doirasida SamDU Kattaqo'rg'on filialida tashkil qilingan profilaktik tadbir korrupsiya illati haqida talabalarni ogoh etishga bag‘ishlandi.
Filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorati bo'limi boshlig'i E.Xudoyqulov, dekani o'rinbosarlari J.Abduraxmonov hamda B.Yo‘ldoshev so'zga chiqdi. Unda "Korrupsiyaga qarshi kurashish vertual akademiyasi" elektron plotformasida ta’lim muassasalari talabalarini maxsus dasturlar asosida ta’lim olishlarini tashkil qilish masalasi tushuntirildi.
Bu orqali yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish asosiy maqsad qilib olinganligi ta'kidlandi.
Darhaqiqat, talabalarimiz korrupsiya illatiga qarshi mustahkam bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi uchun ushbu https://virtual.proacademy.uz/higher-education/ havola orqali kirib, o'z bilimlarini boyitishi mumkin!
SamDU Kattaqo'rg'on filiali axborot xizmati







