
O‘QITUVCHIMIZ XORIJDA MALAKA OSHIRMOQDA
07.07.2025 soat 12:01Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot53
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Shenyan pedagogika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida kadrlar salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirish belgilangan.
Shu asosda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, sport kafedrasi dotsenti, Pedagogika bo‘yicha falsafa doktori Nazarova Zulayxa Turabovna Xitoy Xalq Respublikasi Shenyan pedagogika universitetida.
Z.Nazarova vazirlik delegatsiyasi tarkibida “Preschool Education Camp” doirasida malaka oshirmoqda.







