Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug'i asosida tashkil qilingan bugungi kasbiy (ijodiy) imtihonda "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" yo'nalishi bo'yicha hujjat topshirgan abituriyentlar o'z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etmoqda.
Ushbu ijodiy imtihonga Nukus davlat pedagogika instituti professori J.Darmenov komissiya raisi, Namangan davlat pedagogika instituti o'qituvchisi B.Nabiyev, Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti O.Inoyatov komissiya a'zolari sifatida qatnashmoqda.
Jarayonda profilaktika inspektori, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi vakillari jalb qilingan hamda imtihon ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o'tkazilmoqda.
Ijodiy imtihon jarayonini 🔴 https://live.samdukf.uz/ havolasi orqali to'g'ridan-to'g'ri ota-onalar va jamoatchilik kuzatib borishi tashkil qilindi.


