Baʼzan oddiy bir savol insonni uzoq öyga toldiradi, qalbida yillar davomida töplangan hayotiy tajribalarini qoğozga tuşirişga undaydi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning suyukli nabirasi Şavkatbekka parvoz davomida yozgan maktubi ham ana şunday samimiy savolga berilgan javob böliş bilan birga, unda butun bir avlod uçun muhim hayotiy saboqlar mujassam.
Uşbu maktubni öqir ekanman, avvalo, unda oddiy insoniy tuyğular va yuksak davlat masʼuliyati öziga xos uyğunlik kasb etganiga eʼtibor qaratdim. Davlat rahbarining nabirasiga bölgan mehr-muhabbati, uning beğubor savoliga javob beriş istagi ortida xalq va Vatan taqdiri uçun masʼuliyatni çuqur his etadigan insonning hayotiy qaraşlari namoyon böladi.
Maktubdagi meni eng köp öylantirgan jihat – Prezidentning nabirasi bergan “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savolga bildirgan munosabatidir. Aslida, bu savol har qanday bolaning öz yaqiniga bölgan soğinçi va mehridan tuğilgan tabiiy savoldir. Ammo unga berilgan javob oddiy oilaviy suhbat doirasidan ança keng maʼno kasb etadi. Çunki bu javobda bir insonning şaxsiy hayoti, oilaviy qadriyatlari va butun xalq oldidagi masʼuliyati özaro boğliq holda ifodalangan.
Menimça, uşbu maktubning eng katta tarbiyaviy ahamiyati ham şunda: inson qaysi lavozimda işlaşidan qatʼi nazar, uning faoliyati jamiyatga, xalqiga va Vataniga qanday naf keltirayotgani bilan qadrlanadi. Rahbarlik – bu şunçaki vakolat yoki martaba emas, balki xalq işonçini oqlaş, murakkab qarorlar qabul qiliş va kelajak avlod taqdiri uçun javobgarlikni zimmasiga oliş demakdir.
Maktubda Prezidentning öz bolalik yillarini eslaşi ham alohida taassurot uyğotadi. Yozning jaziramasida ğöza çopiş, qişning sovuğida paxta teriş, maktab yillarining katta qismini dalalarda ötkaziş haqidagi xotiralar şunçaki ötmişni yodga oliş emas. Bu, eng avvalo, bugungi avlod bilan keçagi avlod hayoti örtasidagi farqni anglatişga qaratilgan hayotiy muşohadadir.
Bu örinda bir muhim haqiqatni anglaşimiz kerak: bugungi yoşlarimizning taʼlim olişi, zamonaviy maktablarda tahsil körişi, zamonaviy kasblarni egallaşi va öz salohiyatini namoyon etişi uçun yaratilayotgan şaroitlar öz-özidan vujudga kelmagan. Buning ortida uzoq yillik mehnat, ijtimoiy islohotlar va jamiyat hayotini özgartirişga qaratilgan intilişlar mujassam.
Ayniqsa, bolalarni paxta dalalaridan maktablarga qaytariş haqidagi fikrlar maktubning eng muhim ijtimoiy mazmunini taşkil etadi, deb hisoblayman. Çunki bolaning asosiy vazifasi mehnat ekspluatatsiyasiga duçor böliş emas, balki bilim oliş, dunyoqaraşini kengaytiriş, qobiliyatini rivojlantiriş va kelajak hayotiga tayyorgarlik körişdan iborat. Taʼlim oliş imkoniyati – bu şunçaki ijtimoiy imtiyoz emas, balki har bir bolaning munosib kelajak sari taşlaydigan eng muhim qadamidir.
Maktubdagi yana bir eʼtiborli jihat – yoş avlodning ilm olişga, xorijiy tillarni örganişga, öz ustida muntazam işlaşga daʼvat etilişidir. Bugungi globallaşuv şaroitida bilim va malaka insonning eng muhim raqobat ustunligiga aylanmoqda. Endilikda yoşlar oldida faqat biror kasbni egallaş vazifasi emas, balki xalqaro miqyosda fikrlay oladigan, zamonaviy texnologiyalarni özlaştirgan va yangilik yaratişga qodir mutaxassis bölib yetişiş vazifasi turibdi.
Maktubda zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellektdan oqilona foydalaniş, biroq ularga qaram bölib qolmaslik haqidagi nasihatlar ham alohida eʼtiborga molik. Darhaqiqat, bugun texnologiyalar inson hayotining deyarli barça jabhalariga kirib bormoqda. Sunʼiy intellekt, raqamli platformalar va axborot texnologiyalari taʼlim, iqtisodiyot, işlab çiqariş va boşqaruv jarayonlarida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Lekin texnologiyaning rivojlanişi inson tafakkurining susayişiga emas, aksinça, uning yanada takomillaşişiga xizmat qilişi kerak.
Şu maʼnoda, yoşlarimiz tayyor axborotni qabul qiluvçi emas, balki uni tahlil qiluvçi, mustaqil xulosa çiqaruvçi va yangi ğoyalar yaratuvçi şaxslar sifatida şakllanişi zarur. Çunki sunʼiy intellektdan foydalaniş mumkin, ammo insonning mustaqil fikrlaşi, ijodiy yondaşuvi va maʼnaviy masʼuliyatini heç qanday texnologiya töliq almaştira olmaydi.
Maktubdagi vaqtni qadrlaş, boşlangan işni oxiriga yetkaziş, muvaffaqiyatsizliklardan tuşkunlikka tuşmaslik haqidagi nasihatlar esa hayotning eng muhim qoidalarini eslatadi. Inson hayotida katta muvaffaqiyatlar köpinça bir martalik omad bilan emas, balki muntazam mehnat, intizom, sabr-toqat va qatʼiyat bilan qölga kiritiladi. Har qanday sohada yuksak natijaga erişgan insonning ortida köpçilik körmaydigan maşaqqatli mehnat, izlaniş va öz ustida işlaş jarayoni turadi.
Men pedagog sifatida uşbu maktubdagi ustoz-şogird, ota-ona va farzand, katta avlod va yoşlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlik masalasiga ham alohida ahamiyat beraman. Çunki farzand tarbiyasi faqat nasihat qiliş bilan emas, balki şaxsiy namuna körsatiş, hayotiy tajribani ulaşiş va yoş avlodda ezgu maqsadlarga intiliş hissini uyğotiş orqali amalga oşadi. Bolalar köpinça kattalarning aytgan sözidan köra, ularning qilayotgan işlariga köproq eʼtibor beradilar. Şuning uçun har bir ota-ona va ustoz öz xatti-harakati bilan ham tarbiyaçi ekanini unutmasligi lozim.
Maktubning yakunida ilgari surilgan odamiylik, mardlik, oriyat, vatanparvarlik, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik va olijanoblik kabi fazilatlar esa inson kamolotining maʼnaviy mezonlarini belgilaydi. Bugungi kunda bizga nafaqat yuqori malakali mutaxassislar, balki öz kasbiga sadoqatli, xalq manfaatini şaxsiy manfaatidan ustun qöya oladigan, halol va vijdonli insonlar ham nihoyatda zarur.
Ayniqsa, yoşlarimizning Vatanga munosabati faqat çiroyli sözlar yoki balandparvoz şiorlarda emas, balki kundalik faoliyatida, öz kasbiga masʼuliyat bilan yondaşişida, qonunlarga hurmatida, halol mehnatida va jamiyat ravnaqiga qöşayotgan hissasida namoyon bölişi kerak. Zero, Vatanga muhabbat, avvalo, uning taraqqiyoti uçun sidqidildan xizmat qilişdan boşlanadi.
Maktubni öqib, yana bir hayotiy xulosaga keldim: inson öz farzandi va nabirasi uçun qayğurar ekan, aslida butun avlodning kelajagi haqida ham öylaşi lozim. Çunki oilada boşlangan tarbiya jamiyatda davom etadi, jamiyatda şakllangan maʼnaviy muhit esa mamlakatning ertangi taraqqiyotini belgilaydi. Şu sababli uşbu maktubni faqat bir oilaga tegişli samimiy murojaat sifatida emas, balki ota-onalar, pedagoglar, rahbarlar va yoşlar uçun muhim tarbiyaviy manba sifatida baholaş mumkin.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Prezident Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubi zamirida katta hayot falsafasi mujassam. Unda mehr – tarbiyaning, ilm – taraqqiyotning, mehnat – muvaffaqiyatning, halollik – insoniylikning, Vatanga sadoqat esa hayotiy masʼuliyatning asosiy mezoni sifatida namoyon böladi. Menimça, uşbu maktubning eng katta saboği şundaki, biz farzandlarimizga şunçaki yaxşi hayot qoldirişga emas, balki yaxşi hayotni bunyod eta oladigan bilimli, maʼrifatli, irodali va vatanparvar avlodni tarbiyalaşga intilişimiz kerak. Zero, kelajak avlodga qoldiriladigan eng bebaho meros – bu moddiy boylik emas, balki ilm, tarbiya, ibrat va Vatanga muhabbatdir.
Oxunjon Xaitov
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti dotsenti