
“Moliyaviy barqarorlik – ijtimoiy farovonlikning asosi”
10.07.2025 soat 10:34SeminarlarMatbuot53
SamDU Kattaqo'rg'on filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti O. Xaitov tomonidan talabalar uchun mazmunli ochiq seminar tashkil etildi.
“Moliyaviy barqarorlik: Ijtimoiy farovonlikning asosi” mavzusidagi seminar talabalarning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish; moliyaviy savodxonlikni oshirish; shaxsiy mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qildi.
Seminarda ishtirokchilar real hayotiy misollar asosida moliyaviy rejalashtirish, byudjet boshqaruvi va iqtisodiy barqarorlik tamoyillari haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.
Bunday seminarlar yoshlarning kelajakka ongli, puxta va mas’uliyatli yondashuvini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.





