
🟡 📚 “Dunyoning işlari” asari yozuvçi taʼbiri bilan aytganda, dunyodagi barça onalarga bağişlangan asar. Yozuvçining bolaligi bilan boşlanib, uning murğak yillarida boşdan keçirgan rang-barang voqea-hodisalar olamiga sizni ham yetaklaydi. Ayniqsa, kitobda qişloq hayoti juda çiroyli yoritilgan. Onasini qattiq yaxşi körgan, kitobning har bir bölimida onasi, umuman olganda, onalar haqida iliq fikrlarni söz durlari ila öquvçi qalbiga yetkazişga harakat qilgan adib, baʼzi-baʼzida onasini ranjitib ham qöyganligini keltirgan.