
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Kasaba uyuşmasi raisi O.Xaitov taşabbusi bilan “Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni” munosabati bilan “Keksalarga hurmat – yoşlarga ibrat” ğoyasi ostida faxriy professor-öqituvçilar hamda xodimlar örtasida şaxmat musobaqasi taşkil etildi.
Tadbir institut maʼmuriyati, sport klubi va boşlanğiç kasaba uyuşmasi qömitasi hamkorligida keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oşiriş maqsadida ötkazildi.
Qiziqarli va kötarinki ruhda keçgan musobaqa yakunida ğoliblar diplom hamda estalik sovğalari bilan taqdirlandi. Taqdirlaş marosimida Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar boyiça birinçi prorektor Şomurod Mustafayev, Kattaqörğon şahar kasaba uyuşmasi raisi X.Rajabov ğoliblarni taqdirladi.