“Rektor kubogi”ning Pedagogika fakulteti bosqichi bo‘lib o‘tdi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasining Pedagogika fakulteti bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada talabalar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.
Mazkur musobaqa talabalarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.









