
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bölimi boşliği Mirjalol Qudratov Scopus vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda institutning xalqaro ilmiy nufuzini oşiriş, ilmiy maqolalarni Scopus bazasida indekslanadigan jurnallarda naşr etiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda institutning avvalgi va amaldagi nomlari bilan çop etilgan maqolalar va mualliflik maʼlumotlarini muvofiqlaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Scopus bazasiga institutsional obuna, mavjud xizmatlar, tariflar va tadqiqotçilar uçun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv institutning xalqaro ilmiy hamkorligini rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilarning ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro ilmiy reytinglardagi mavqeyini mustahkamlaşga xizmat qiladi.