
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani, professor A.Saidov hamda fakultet professor-öqituvçilari 2-son talabalar turar joyiga taşrif buyurdi. Taşrif davomida xonalar holati, sanitariya-gigiyena talablari va talabalar uçun yaratilgan qulayliklar örganildi. Şuningdek, yoşlar bilan muloqotda ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, mantiqiy fikrlaş qobiliyati va intellektual salohiyatini rivojlantiriş maqsadida şaxmat va şaşka bellaşuvlari ötkazildi. Iştırokçilar özaro bellaşuvlarda zukkolik va strategik fikrlaş mahoratini namoyon etdilar.
“Talabalar turar joyi – maʼnaviyat maskani” nomli badiiy keçada talabalarning musiqiy çiqişlari, kuy-qöşiqlar va köngiloçar öyinlar namoyiş etildi. Yakunda faol iştirokçilar fakultet dekani tomonidan taşakkurnoma hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbirlar talabalarning isteʼdodini namoyon etiş, özaro döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş hamda turar joydagi maʼnaviy muhitni yanada boyitişga xizmat qildi.