Asosiy mazmunga o'tish
Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
“INNOWEEK–2026” INNOVATSION G‘OYALAR VA ISHLANMALAR KO‘RGAZMASI

“INNOWEEK–2026” INNOVATSION G‘OYALAR VA ISHLANMALAR KO‘RGAZMASI

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “InnoWeek-2026” innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi!
 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida an’anaviy “InnoWeek–2026” innovatsion g‘oyalar haftaligining institut bosqichi tashkil etiladi.

Mazkur innovatsion tadbir doirasida:
Institut professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilarining zamonaviy ilmiy ishlanmalari hamda innovatsion loyihalari taqdimoti;
Iqtidorli talabalar, magistrantlar va yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar ko‘rgazmasi;
Iqtidorli talabalar, magistrantlar va yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar ko‘rgazmasi;
Raqamli iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, turizm, tadbirkorlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarga oid innovatsion g‘oyalar namoyishi;
Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, tijoratlashtirish va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taqdimotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“InnoWeek–2026” institut bosqichi ilm-fan, innovatsiya va yoshlar tashabbuslarini yagona maydonda birlashtirib, talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish hamda “ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish” integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur tadbir iqtidorli yoshlarning istiqbolli loyihalarini keng jamoatchilikka tanishtirish va ularni viloyat bosqichida namoyish etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Barcha professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, iqtidorli talabalar, startap tashabbuskorlari va innovatsiyaga qiziquvchi yoshlarni ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

O‘tkazilish joyi: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida

Ulashish: