Asosiy mazmunga o'tish
Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
EHTIYOJMAND OILALAR FARZANDLARI UCHUN BEPUL ZAMONAVIY KASB-HUNAR KURSLARI

EHTIYOJMAND OILALAR FARZANDLARI UCHUN BEPUL ZAMONAVIY KASB-HUNAR KURSLARI

21.10.2026 soat 11:42E'lonAniq va tabiiy fanlar fakulteti81 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ehtiyojmand oilalar farzandlariga zamonaviy kasblarni o‘rgatish, ularning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

Markazda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan:

Dasturlash;

Sun’iy intellekt;

Robototexnika;

Axborot texnologiyalari;

Boshqa zamonaviy kasblar.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Kurslarda ehtiyojmand oilalar farzandlari, shuningdek, zamonaviy kasblarni o‘rganish va kelgusida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalarda o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish istagidagi yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish va murojaat qilish tartibi

Kurslarda ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatdan o‘tish hamda qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi J.Shodmonovga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti, 2-bino, 302-xona.

Tinglovchilar guruhlari shakllantirilgach, mashg‘ulotlarning boshlanish sanasi va o‘tkazilish tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ulashish: