
KORRUPSIYASIZ KELAJAK SARI
10.11.2025 soat 10:31E'lonMatbuot21
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrug‘iga asosan, 2025-yil 1-noyabrdan 25-noyabrgacha institutda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.
Mazkur oylik doirasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi;
“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida eng yaxshi videoroliklar tanlovi;
“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida eng yaxshi esselar tanlovi.
Tanlovlarda institut talabalari faol ishtirok etishlari so‘raladi.
Eng yaxshi deb topilgan ishlar mualliflari munosib taqdirlanadi.


