
“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovida ishtirok eting
E ’ L O N !
Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!!!
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17-oktabr, 2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi” 51-bandida (oliy taʼlim muassalari va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish) belgilangan topshiriqlar asosida tashkil etilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti, Ilmiy bo‘limi.


