
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN XORIJIY MALAKA OSHIRISH KURSLARI E’LON QILINADI
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN XORIJIY MALAKA OSHIRISH KURSLARI E’LON QILINADI
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida keng ko‘lamli malaka oshirish dasturi tashkil etilmoqda.
Mazkur dastur Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2024–2030-yillar davomida professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarda tajriba almashish jarayonlariga faol jalb etishni nazarda tutadi.
Dastur Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti hamda Prime Education Finland hamkorligida amalga oshiriladi.
🎓 Malaka oshirish kursi haqida
Kurs mavzusi:
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”
O‘tkazilish muddati:
•2026-yil 23-mart – 3-aprel (72 soat, O‘zbekistonda)
•2026-yil 6-aprel – 18-aprel (72 soat, xorijiy amaliy mashg‘ulotlar)
Xorijiy amaliy mashg‘ulotlar quyidagi davlatlarda tashkil etiladi:
•Finlandiya
•Shvetsiya
Mashg‘ulotlar xalqaro reytingning TOP–500 taligiga kiruvchi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
Kurs yakunida tinglovchilarga quyidagilar taqdim etiladi:
•Davlat namunasidagi malaka attestati
•Xorijda malaka oshirganlik sertifikati
•Xorijiy universitetda dars mashg‘uloti olib borganlik to‘g‘risida rasmiy ma’lumotnoma
Qatnashish istagini bildirgan professor-o‘qituvchilar ilovada keltirilgan ma’lumotlar bilan batafsil tanishib, ma’qul deb topgan taqdirda jadvalni to‘ldirgan holda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Qudratov M. (+998 50 090 02 20) raqamiga yuborishlari so‘raladi.


