Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
Talabalar uchun Startap g‘oya tanlovi – “Eng yaxshi kreativ gʻoya” respublika tanlovinining 1-bosqichi

Talabalar uchun Startap g‘oya tanlovi – “Eng yaxshi kreativ gʻoya” respublika tanlovinining 1-bosqichi

17.02.2026 soat 13:28E'lonMatbuot63

Startap g‘oya tanlovi – “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining 1-bosqichi
Mazkur tanlov iqtidorli va tashabbuskor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion fikr va startap tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, amaliy va iqtisodiy samarador loyihalarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov yoshlarning kreativ fikrlashi, muammolarga yangicha yondashuvi va amaliy yechimlar taklif etish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Imkoniyatlar:
Eng Yaxshi Kreativ G‘oya tanlovining 3 ta g‘oliblari maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi (barcha xarajatlar institut tomonidan qoplanadi).
Respublika bosqichida g‘olib deb topilgan g‘oya muallifiga loyiha-granti ajratiladi. Bu esa loyihani amaliyotga joriy etish, startapni rivojlantirish va real biznes tashabbusga aylantirish imkonini beradi.

Qatnasha oladi:
Bakalavr va magistratura talabalari
Muhim sanalar:
Loyihani topshirish muddati: 4-aprel, 2026-yil
Loyihalarni ko‘rib chiqish muddati: 10-aprel, 2026-yil
Respublika bosqichiga borish: 2026-yil may oyi
Tanlov doirasida:
Eng istiqbolli startap g‘oyalar saralanadi
Mutaxassislar tomonidan baholash jarayoni o‘tkaziladi
Ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdimot (pitch) shaklida himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar
Eng kuchli loyihalar keyingi bosqichga tavsiya etiladi Arizalarni qabul qiluvchi:
Bekjon Eshmamatov (+998995939915)
Tanlovda qatnashish uchun ariza bu yerda:
O‘z g‘oyangizni namoyon eting, imkoniyatdan foydalaning va yirik startap loyihalar qatoriga qo‘shiling.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (1)