This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
Pedagogika fakulteti boshlang‘ich tashkiloti koordinatori saylandi
Pedagogika fakultetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatori saylash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov, rektor maslahatchisi H.Rashidov, yo‘nalish tyutorlari hamda Pedagogika fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov so‘zga chiqib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti koordinatori faoliyati va uning vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, Musiqa ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jamshid Olimov nomzodi koordinatorlik lavozimiga ilgari surildi. Nomzod yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.





