This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча
Registrator ofisi

Xudoyberdiyev Shodiyor Mamatillayevich
Bo‘lim boshlig‘i
- Reception Hours:
- Dushanba –Shanba (9:00 dan 16:00 gacha)
- Phone:
- +998 93-342-00-81
- Telegram:
- Telegram +998 93-342-00-81
- Institutning talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasidagi missiyasi hamda asosiy strategik yoʻnalishlarini yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va mas’uliyat bilan amalga oshirish; Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ulami boshqarish; talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish; Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va institut tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professoroʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish; Ofis tomonidan yoʻlga qoʻyiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish; Xizmat koʻrsatish (front otfice) va Ma’lumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda ragʻbatlarirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.
“Registrator ofisi” tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari
Akademik (o‘quv) faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
1. QR kodli diplom shakllantirish;
2. Akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
3. Akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
4. Bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
5. Diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
6. Imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
7. Imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
8. Oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
9. Oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
10. Oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
11. Oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;
12. Stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
13. Talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
14. Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;
15. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
16. Talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
17. Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
18. Talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
19. Talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;
20. Talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
21. Talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
22. Talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
23. Talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
24. Talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
25. Talabalarning parolini tiklash;
26. Talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
27. Talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
28. Talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
29. Tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
30. Oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
31. Oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
1. Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
2. Ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish
Xalqaro aloqalar faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
1. Talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
2. Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
3. Oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
4. Xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
5. Xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
6. Xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
7. Xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
8. Xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish.
Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar
1. Qayta oʻqishga shartnoma berish;
2. Stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
3. Hisob varagʻini shakllantirib berish;
4. Talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
5. Talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
6. Talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
7. Talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
8. Toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
9. Bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish
Ilmiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
1. Grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
2. Ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
3. Innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
4. Nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
5. Ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
6. Ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.
Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar
1. Talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
2. Oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
3. Talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
4. Talabalarga OTTda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
5. Sirtqi ta'lim turi talabalariga chaqiruv qogʻozi yuborish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2025-yil 18-noyabrdagi 10-5094-1-son xati ijrosi bo‘yicha
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti “Karyera markazi” tomonidan
bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 8-avgust kuni oliygohlar bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida qator islohotlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan, institutda talaba va ish beruvchilarning bir biriga bogʻlovchi “Karyera markazi” tashkil etilgan. Registrator ofisi bo’lim boshligi va menejeriga vazifasi yuklatilgan. “Karyera markazi” uchun institut oʻquv binosida alohida xona ajratilgan va faoliyat yuritishi uchun kerakli moddiy-texnika vositalari bilan jihozlangan. Bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash hamda mehnat yarmarkalari va karyera kunlarini o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo’lib, bu borada mutasaddi tashkilot va muassasalarning masʼul vakillari hamda oliy taʼlim talaba-yoshlari oʻrtasida turli xildagi mehnat yarmarkalari, karyera kunlari oʻtkazib kelinmoqda.
2025-2026-oʻquv yili sentabr-oktabr oylarida 743 nafar bitiruvchi kurs talabalari bilan Oʻzmilliybank AJ Samarqand viloyat boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi xodimlari tomonidan haftaning har juma kunlari davra suhbatlari hamda uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 2025-yil davrida 24 nafar bitiruvchi talabalar o’z biznes loyihalari bilan ishtirok etib ulardan 12 nafari 10 million so’m miqdorida, 1 nafari 45 mln soʻm 1 nafari 200 mln soʻm jami 365 mln soʻm kredit mablag’lari ajratildi. 2025-yil 18-22-aprel kunlari institut bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash, ularni boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirish maqsadida "Karera kunlari" boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilindi. Yarmarka doirasida Kattaqoʻrgʻon shahar va hudud atrofidagi Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, Narpay, Ishtixon, Nurobod tumanlari Maktabgacha va maktab ta'lim boʻlimlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahar, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, Narpay, Ishtixon, Nurobod tumanlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida tashkil qilingan yarmarkada 54 ta muassasa va tashkilotlar 112 ta boʻsh oʻrinlari bilan ishtirok etdi hamda 42 nafar talaba kelgusida ishga olish maqsadida mehnat shartnomalari tuzishdi va ish bilan ta'minlandi. Institutning “Ijtimoiy ish” yoʻnalishi talabalari bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ham “Ish beruvchi va bitiruvchi” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bundan tashiari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi vakillari bilan muloqot tashkil qilindi.
2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahri “Universitet xiyoboni”da “Talaba Expo-2025” kasb koʻrgazmasida institu talabalari 127 nafardan toʻrt smenada ishtirok etdi. Talabalar startaplar, yirik kompaniyalardan tajribali mutaxassislar bilan “Talaba Expo-2025” kasb koʻrgazmasining ikkinchi kuni doirasida bitiruvchi talaba-yoshlar uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari yuzasidan taqdimot, seminar va Samarqanddagi yirik kompaniyalar asoschilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Karera markazi tomonidan “Mehnat.uz” “Vacansy.uz” saytlari orqali ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar olinib, talabalarning telegramm kanaliga joylashtirilib borilmoqda. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan talabalarga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlar berib borilmoqda.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor: S. Elmonov


