Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Department of Uzbek Language and Humanities

Quchqorov Javlon Suyundik O‘g‘li

Quchqorov Javlon Suyundik O‘g‘li

Kafedra mudiri

1. Kafedra nomi:
Department of Uzbek Language and Humanities
2. Tashkil etilgan vaqti:
2023-yil
3. Kafedra mudiri:
Quchqorov Javlon Suyundik o‘g‘li
Academic Title:
Associate Professor
Academic Degree:
PhD

Kafedra haqida qisqa ma’lumot

Kafedra tarkibiga 70110701 - O‘zbek tili va adabiyoti magistratura yo‘nalishi hamda 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, 6011700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti, 60110800 - Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti, 60220300-Tarix ixtisoslashgi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tahsil olib kelmoqda: Kafedra bosh mavzusi: “Gumanitar fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishning nazariy jihatlari: muammo va yechimlar!” Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘g‘on filiali tashkil etilganligi munosabati bilan 2021-yil 6-sentabrdan “Gumanitar fanlar” kafedrasi kesimida faoliyat yuritgan 2023-yil 4-sentabrdan O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Kafedra bosh mavzusi: “Gumanitar fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishning nazariy jihatlari: muammo va yechimlar!”

Kafedra tadqiqod yo‘nalishlari

  • O‘zbek tili adabiyoti dolzarb masalalari muammo va yechimlar.
  • Rus tili va adabiyoti dolzarb masalalari va muammo va yechimlar.
  • Tarix fanlari dolzarb masalalari muammo va yechimlar.
  • Falsafa fanlari dolzarb muammo va yechimlar

Ta’lim yo‘nalishlari

  • Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili,
  • O‘zga tilli guruhlarda rus tili,
  • O‘zbek tili va adabiyoti,
  • Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti,
  • Tarix.

Kafedra yutuqlari

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari hamda “Занимательная грамматика” to‘garagi talabalari VIII Moskva xalqaro madaniy-ma’rifiy forumida ishtirok etdi.

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Fayzullina I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filialida tashkil etilgan “Chet el pedagoglari uchun rus tili maktabi” malaka oshirish dasturida faol ishtirok etgan.

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Umirova Dilfuza Suyunovna XALQ TA’LIM ALOCHISI ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

O‘rnak bo‘luvchi, faol, iqtidorli talabalar

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasida "Yilning eng faol ijodkor talabasi" respublika tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Filologiya va tillarni o‘qitish:o‘zbek tili yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Yusupova Gulnoza Ma'rufjon qizi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

  • Rus tili va adabiyoti fanlari.
  • O‘zbek tili va adabiyoti fanlari.
  • Tarix fanlari.
  • Falsafa va Dinshunoslik fani.

Kafedra faoliyatidan lavhalar

Darslik va maqolalar

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasida 16 ta o‘quv qo‘llanma, 1 darslik, 350 dan ortiq ilmiy, ommabop maqolalar Respublika va Xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etilgan.

Kafedra xalqaro OTM muassasalari bilan hamkorligi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari J.Quchqorov va I.Butoyev Muxtor auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida malaka oshirib xalqaro hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

Kafedramiz o‘qituvchisi Y.Xolxo‘jayeva Turkiya davlatining Seljuk universitetida malaka oshirib xalqaro hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

Kafedramiz o‘qituvchisi N.Fayzullina Rossiya davlatining Ryazan davlat universitetida malaka oshirib xalqaro hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

Kafedramiz o‘qituvchisi D.Umirova K.Minin nomidagi Nizhniy Novgorod davlat pedagogika universitetida malaka oshirib xalqaro hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.