This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Rektor magistratura talabalari bilan uchrashdi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov Pedagogika fakulteti dekani Azamat Saidov bilan birgalikda magistratura bosqichi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida magistrantlarning ilmiy faoliyati, olib borayotgan tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlar jarayonida uchrayotgan muammolar hamda ularning kelgusidagi reja va maqsadlari yuzasidan batafsil suhbat olib borildi.
Shuningdek, magistrantlarga ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga keng tatbiq etish, zamonaviy ilmiy izlanishlarni rivojlantirish hamda ilmiy salohiyatni mustahkamlash borasida zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tdi.





