Skip to main content
This website is currently operating in test mode. Some features may be unavailable or may not work as expected.

This page has not been translated into English yet; the text is shown in Uzbek. Available in: O'zbekcha, Ўзбекча

Sport sinovlari mavsumi yakunlari sarhisob qilindi

Sport sinovlari mavsumi yakunlari sarhisob qilindi

22.06.2026 at 14:50Sport klubiMatbuot21

Samarqand davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumi yakunlari sarhisob qilinib, eng faol jamoalar taqdirlandi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti sport jamoasi mazkur sport sinovlarida faol va munosib ishtirok etgani uchun Samarqand viloyati sport boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.
Ushbu yutuq institut talaba-yoshlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, jismoniy tayyorgarligi va sog‘lom turmush tarziga sodiqligining yana bir yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

More photos2

Share: