
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol musobaqalari guruhlar kesimida bo‘lib o‘tmoqda.
Amaliy fanlar va sport kafedrasi hamda Sport klubi hamkorligida tashkil etilib, institutning turli fakultet va guruhlari jamoalari o‘zaro bellashmoqda. Ishtirokchilar o‘yin davomida yuqori sport mahorati, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviy harakatni namoyish etishdi.
Musobaqalar qizg‘in va murosasiz kurashlar ruhida o‘tdi. Natijada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l olishdi va endi final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.
Ushbu sport tadbiri talabalarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik, sog‘lom raqobat va do‘stona muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati






