
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida el ardoğidagi ijodkorlar – Sirojiddin Rauf va Şodiqul Hamroyev bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi
Tadbir davomida ijodkorlarning hikoyalari asosida institut talabalari tomonidan sahnalaştirilgan film namoyiş etildi. Ijodkorlar öz asarlaridan namunalar öqib eşittirdilar, talaba-yoşlar esa özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Samimiy muloqot çoğida mamlakatimizda yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib etiş, mutolaa madaniyatini şakllantiriş hamda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv şeʼrxonlik va muşoira tarzida davom etib, talabalar taniqli ijodkorlar ijodidan bir olam zavq va maʼnaviy ozuqa oldilar. Institut professor-öqituvçilari mehmon ijodkorlarga taşrif uçun minnatdorlik bildirib, bunday maʼrifiy va ijodiy uçraşuvlarni muntazam taşkil etiş zarurligini taʼkidladilar.