Ma’rifat ulashib loyihasi doirasida mushoira to‘garagi a’zolari bilan adabiy uchrashuv: ijod va kitobxonlik
30.10.2025 soat 15:31Ma'rifat ulashibMatbuot26
Institutning “Ma’naviyat xonasi”da Sirojiddin Rauf va Shodiqul Hamroyev “Mushoira” to‘garagi a’zolari bo‘lgan yosh ijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida ular zamonaviy o‘zbek adabiyoti, ijodiy jarayonlarning ahamiyati hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Suhbat chog‘ida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirar ekan, adabiy ijodga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va kitob o‘qishga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish yo‘llari yuzasidan amaliy tavsiyalar oldilar.


