Ma’naviyat va tabiat uyg‘unligi sari: “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi
30.10.2025 soat 15:30Ma'rifat ulashibMatbuot25
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Yashil makon” umumxalq harakati doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi. Tadbirda institut rahbariyati hamda mehmon adiblar Sirojiddin Rauf va Shodiqul Hamroyev ishtirok etib, ramziy tarzda ko‘chat ekish marosimida qatnashdilar.
Mazkur tadbir institut hayotida ekologik ongni mustahkamlash, sog‘lom muhitni yaratish, musaffo havo va go‘zal tabiiy manzarani saqlash, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda ta’lim muassasasining qadriyatlarini amalda namoyon etishga qaratilgan.


