
Institutimiz talabasi YuNESKO anjumanida volontyor tarjimon sifatida ishtirok etmoqda
31.10.2025 soat 10:08KonferensiyalarMatbuot38
2025-yil 30-oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YuNESKOning 43-bosh konferensiyasi Samarqand shahrida o‘z ishini boshladi. Bu – so‘nggi qariyb qirq yil ichida Parijdan tashqarida o‘tayotgan ilk bosh konferensiya hisoblanadi.
Mazkur nufuzli anjumanda ishtirok etish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan 2800 dan ortiq delegatlar O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Konferensiya 2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrgacha davom etadi.
Tadbir doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi Mohina Ilhomova xorijiy delegatsiyalarga hamrohlik qiluvchi ko‘ngilli (volontyor) tarjimon sifatida ishtirok etmoqda.




