FAN TO‘GARAKLARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
31.10.2025 soat 14:32YangiliklarMatbuot47
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida fakultet dekani va dekan o‘rinbosari fan to‘garaklarining faoliyatini tahliliy tarzda o‘rgandi. Fakultetda jami 25 ta fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Talabalar darslardan so‘ng o‘zlarini qiziqtirgan fanlarga yo‘naltirilgan to‘garaklarda ishtirok etadilar.
O‘rganish jarayonida to‘garaklarning ish tartibi, talabalarning ishtiroki va faoliyat samaradorligi batafsil ko‘rib chiqildi. Shu orqali fakultet rahbariyati talabalar bilimini oshirish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash imkoniga ega bo‘ldi.





