“Kelajak soati” rukni doirasida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy darslar o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni doirasida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy darslar tashkil etildi. Darslarda talabalar shaxsiy xavfsizlik tushunchasini to‘g‘ri anglash va uni mustahkamlash, shuningdek himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatildi.
Dars davomida xavflarning turlari, ularning yuzaga kelish sabablari va salbiy oqibatlari, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari muhokama qilindi. Real hayotiy vaziyatlar, keys-topshiriqlar va rolli o‘yinlar orqali talabalar turli ijtimoiy, o‘qish va shaxsiy munosabatlarda o‘z huquqlari va his-tuyg‘ularini himoya qilishni o‘rganadilar.
Mashg‘ulot interaktiv usullarda o‘tkazilib, talabalar mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil, empatiya va sog‘lom muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.










