Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
Talabalarning ijarada yashash sharoitlari o‘rganildi

Talabalarning ijarada yashash sharoitlari o‘rganildi

04.11.2025 soat 10:30TashriflarMatbuot21

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti yo‘nalish tyutorlari hamda institut psixologi G.Inatullayeva tomonidan talabalarning ijarada yashash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida talabalarning ijaraga olingan xonadonlari kuz va qish mavsumiga qay darajada tayyor ekani aniqlash maqsadida tyutorlar tomonidan talabalar bilan shaxsiy suhbatlar o‘tkazildi, uy egalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi hamda xonadonlar bevosita ko‘zdan kechirildi.
Isitish tizimi: O‘rganilgan xonadonlarning aksariyatida isitish tizimi yaxshi holatda ekani, kuz-qish mavsumiga tayyorligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim xonadonlarda esa isitish bilan bog‘liq qisman muammolar (masalan, yetarli darajada isitilmasligi yoki uskunalarning eskiligi) kuzatildi. Ushbu holatlar bo‘yicha uy egalari va talabalar bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi hamda tavsiyalar berildi.
Sanitar holat: Xonadonlarning umumiy tozaligi qoniqarli darajada ekani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim joylarda sanitariya talablariga to‘liq rioya qilinmagani aniqlandi. Bu borada talabalarga gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ta’lim olish sharoitlari: Talabalarning dars tayyorlashi uchun zarur sharoitlar – yetarli yoritish, stol va stul kabi jihozlar mavjud ekani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, talabalar orasida kuz-qish mavsumiga xos bo‘lgan shamollash, gripp kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ogohlantirishlar ham o‘tkazildi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (5)