
“Milliy qadriyatlar” festivali – yoshlar ma’naviyatining yorqin ifodasi
06.11.2025 soat 12:15Davra suhbatlariMatbuot38
Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida fakultet tyutorlari hamda talaba qizlar koordinatorlari tashabbusi bilan Xorijiy tillar yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Milliy qadriyatlar” festivali tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda milliy an’analar va qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik hamda madaniy merosga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Festival davomida talabalarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan milliy taomlar namoyish etildi, milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Shuningdek, milliy kuy va qo‘shiqlar yangradi, ishtirokchilar o‘z ijodiy chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.






