TALABALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mustafayev tyutorlarga, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga hamda mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarini o‘rganish, isitish tizimlarining texnik holatini tekshirish, is gazi va elektr tokidan ehtiyot bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, talabalar xavfsizligini kafolatlash hamda ularning yashash sharoitlarini doimiy nazoratda saqlash muhim vazifa etib belgilandi.






