“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi
12.11.2025 soat 13:31Korrupsiyaga qarshi kurashishMatbuot48
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida eng yaxshi esselar tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, halollik, adolat va mas’uliyat kabi yuksak insoniy fazilatlarni targ‘ib etishdan iboratdir.
Talabalar esselarida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda yoshlarning o‘rni hamda halollik tamoyillarini hayotga tatbiq etish borasidagi fikr va takliflarini bayon etdilar.


