PEDAGOGIKA FAKULTETIDA OTA-ONALAR KONGRESSI BO‘LIB O‘TDI
Fakultet rahbariyati ota-onalarni samimiy kutib olib, ularni institutdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Kongressni institut rektori Sherzod Urakov ochib, ta’lim sifati, talabalarning ilmiy faoliyati, ularning ijtimoiy faolligi hamda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Fakultet dekanati o‘quv jarayoni, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki haqida batafsil ma’lumot berdi. Ota-onalar farzandlarining ta’limdagi yutuqlari va mavjud muammolari bo‘yicha fikr almashdilar.
O‘zlashtirishi yuqori va ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Ota-onalar dars vaqtida farzandlarining mobil telefonlarini olib qo‘yish hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqomat qilayotgan talabalarga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish takliflarini bildirdilar, va bu takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbir so‘ngida talabalar ota-onalar uchun kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar.









