
IJARA UYLARIDAGI TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
13.11.2025 soat 11:50SeminarlarMatbuot25
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Xolmurodov, institut profilaktika inspektori X.Haydarov hamda yo‘nalish tyutori A.Tadjiyev talabalar yashayotgan ijara uylari sharoitini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida talabalarning yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimi, elektr va gazdan foydalanish hamda xavfsizlik masalalari batafsil ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, talabalarga yong‘in xavfsizligi va ichki tartib qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.






